2025-yil 1-6 oktyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi marta raqamli sog‘liqni saqlash sohasida butun mamlakat miqyosida hakatonlar turkumi — “HealthTech AI Hackathon” o‘tkazildi. Musobaqada IT-mutaxassislar, shifokorlar va talabalarni sog‘liqni saqlash tizimi uchun innovatsion yechimlarni birgalikda yaratish maqsadida bir joyga to‘pladi.
Jamoalar mentorlar bilan ishlaydilar, seminar-treninglarda qatnashadilar, o‘z g‘oyalarini ekspertlarga taqdim etadilar. Eng yaxshi loyihalar grant va pilotlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Hakaton Nukusdan boshlanib, butun O‘zbekiston bo‘ylab davom etadi va Toshkentdagi final bosqichi bilan yakunlanadi.
Quvonchlisi Nukus shahar 1-son politexnikumi 1-kurs Pearson dasturida «Kompyuter grafikasi va dizayn operatori» mutaxasisligi o`quvchisi Tilepbergenov Abdirashid “HEALTH EACH AI HACKATHON” loyihasida jamoasi bilan qatnashib 1-o`rinni egalladi va Tashkent shahrida o`tkaziladigan final bosqichiga yo`llanma oldi.







Русский
English
Uzbek