Xushxabar!!! 2026-yil 28-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida «Yosh qutqaruvchi-2026» harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Nukus shahri 1-sonli texnikumi o‘quvchi yoshlaridan iborat «Jayxun» jamoasi 1-o‘rinni egalladi va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi final bosqichiga yo‘llanma oldi. Eng quvonarlisi texnikumning «Jayxun» jamoasi qatorasiga 3 marta 2024, 2025, 2026 yil g‘oliblikka erishdi. Texnikum jamoasi g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni bugungi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Русский
English
Qaraqalpaq